fbpx Betguru » La Liga. «Real» «Selta»ni yirik hisobda yengdi, Gulerda debyut gol
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

La Liga. «Real» «Selta»ni yirik hisobda yengdi, Gulerda debyut gol

Ispaniya chempionatining 28-turida peshqadam «Real» o‘z maydonida «Selta» darvozasiga javobsiz 4ta to‘p kiritdi. Birinchi bo‘limda Vinisius hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda avtogolllar qayd etildi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Guler Madrid klubidagi debyut to‘pini kiritdi.

Madrid klubi ochkolarini 69taga yetkazib, «Jirona» (62) va «Barselona» (61) bilan farqni yana kattalashtirdi. «Selta» 24 ochko bilan 17-pog‘onada qoldi.

La Liga. 28-tur

Real — Selta 4:0

10 mart, «Santiyago Bernabeu»

Gollar: Vinisius (21), Guaita (79, avtogol), Dominges (88, avtogol), Guler (90+4).

Real – Lunin, Nacho, Ryudiger, Mendi, Modrich (Kroos, 83), Valverde, Dias (Chuameni, 83), Kamavinga (Seballos, 88), Vaskes, Vinisius (Guler, 89), Rodrigo (Xoselu, 74).

Selta – Guaita, Mingesa (Sotelo, 77), Mankillo, Starfelt, Nunes, Sanches (Servi, 60), De La Torre, Beltran (Dominges, 77), Bamba (Alende, 60), Aspas, Larsen (Duvikas, 83).

Ogohlantirishlar: De La Torre (25), Kamavinga (45), Vinisius (55), Mingesa (55), Mankillo (82).

image