fbpx Betguru » La Liga. «Barsa» Madridda «Atletiko»ni yirik hisobda yengdi, Levandovskida 1+2
Tuesday, 30 April 2024
← Go to the news

La Liga. «Barsa» Madridda «Atletiko»ni yirik hisobda yengdi, Levandovskida 1+2

Ispaniya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yinda «Barselona» Madridda «Atletiko» darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi. Feliks yana o‘zi tegishli bo‘lgan jamoa darvozasini ishg‘ol qildi, Levandovski gol va 2 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Xavi jamoasi ochkolarini 64taga yetkazib, 2-o‘ringa ko‘tarildi va peshqadam «Real»dan (72) 8 ochkoga ortda qolmoqda. 55 ochkosi bor «Atletiko» 5-pog‘onada qoldi.

La Liga. 29-tur

Atletiko — Barselona 0:3

17 mart, «Metropolitano»

Gollar: Feliks (38), Levandovski (47), Lopes (65).

Atletiko – Oblak, Molina, Savich, Reynildu, Vitsel, De Paul (Saul, 66), Barrios, Lorente (Koke, 58), Rikelme (Korrea, 58), Morata (Depay, 46), Lino (Grizmann, 46).

Barselona – ter Stegen, Kunde, Arauxo, Kubarsi, Fort (Kasado, 82), Serxi Roberto (Romeu, 77), Gundo‘g‘an, Fermin Lopes (Martines, 82), Rafinya (Yamal, 61), Feliks (Roke, 77), Levandovski.

Ogohlantirishlar: Kunde (33), De Paul (46), Savich (61), Barrios (89).

Chetlatish: Molina (90+3).

image