fbpx Betguru » La Liga. «Atletik» «Las-Palmas»dan ustun kelib, 4-o‘rindagi «Atletiko»ga yaqinlashdi
Thursday, 2 May 2024
← Go to the news

La Liga. «Atletik» «Las-Palmas»dan ustun kelib, 4-o‘rindagi «Atletiko»ga yaqinlashdi

Ispaniya chempionatining 28-turida «Atletik» safarda «Las-Palmas» ustidan g‘alaba qozondi.

Bilbao klubi ochkolarini 53taga yetkazib, 5-o‘rinni mustahkamladi va 4-pog‘onadagi «Atletiko»ga (55) yaqinlashdi. «Las-Palmas» 37 ochko bilan 9-pog‘onada qoldi.

La Liga. 28-tur
Las-Palmas — Atletik 0:2
10 mart, «Gran Kanariya»
Gollar: Guruseta (31), Koko (66, avtogol).
Las-Palmas – Vales, Arauxo (Benito Ramires, 79), Koko, Marmol, Kardona, Kampanya (Luaodis, 56), Xavi Munos, Rodriges, Moleyro (Marvin, 56), Munir (Kardona, 80), Sandro Ramires (Pexinio, 87).
Atletik – Unai Simon, De Markos (Lekue, 70), Vivian, Paredes, Berchiche (Yeray Alvares, 74), Prados, Ruis de Galarreta, Sanset (Gomes, 62), N.Uilyams (Berenger, 70), I.Uilyams, Guruseta (Raul Garsiya, 74).
Ogohlantirishlar: Vivian (48), Koko (64), De Markos (67), Kardona (81), Vales (81).

image