fbpx Betguru » Kurtua «Real» mashg‘ulotida yana jarohat oldi. U bu mavsum boshqa o‘ynay olmaydi – Marca
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

Kurtua «Real» mashg‘ulotida yana jarohat oldi. U bu mavsum boshqa o‘ynay olmaydi – Marca

«Real» darvozaboni Tibo Kurtua yana jarohat oldi.

Mavsum startida xochsimon paylari uzilishi oqibatida 8 oyga safdan chiqqan belgiyalik darvozabon tiklanish jarayonini o‘tkazayotgan va yaqin orada safga qaytishi kutilgandi. Ammo u bugun Madrid klubining mashg‘ulotlari paytida o‘ng tizzasidan navbatdagi jiddiy jarohat olgan.

Marca nashri xabariga ko‘ra, 31 yoshli belgiyalik darvozabon mashg‘ulotlarni ko‘zda yosh bilan tark etgan. U joriy mavsum klubi safida boshqa maydonga tusha olmasligi aytilmoqda.

The Athletic nashri jurnalisti Mario Kortegana darvozabonning taxminan 6-7 haftaga safdan chiqqanini yozgan.

Kurtua o‘zining oxirgi rasmiy uchrashuvini 17 iyunda – milliy jamoa safida o‘tkazgandi.

image