fbpx Betguru » JCH-2026 saralashi. Eron Turkmanistonni tor-mor etib guruhda yana peshqadam bo‘ldi, Koreya Tailandni mag‘lub eta olmadi va boshqa natijalar
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

JCH-2026 saralashi. Eron Turkmanistonni tor-mor etib guruhda yana peshqadam bo‘ldi, Koreya Tailandni mag‘lub eta olmadi va boshqa natijalar

Bugun, 21 mart kuni Osiyo maydonlarida ham JCH-2026 ikkinchi saralash bosqich 3-turi doirasidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.

E guruhida Eron o‘z maydonida Turkmanistonni tor-mor etdi – 5:0. Shu tariqa, forsalar 7 ochko va to‘plar nisbatiga ko‘ra 1-o‘ringa qaytishdi. O‘zbekiston 7 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Hongkong va Turkmaniston hisobida bir ochkodan mavjud.

JCH-2026 2-saralash bosqichi. 3-tur

21 mart (payshanba)

Eron — Turkmaniston 5:0

Gollar: Husayn Kan’oni 10, 48, Sardor Ozmun 13, Muhammad Muhibi 56, Umid Nurafkan 90.

Janubiy Koreya — Tailand 1:1

Gollar: Son Hyon Min 42 – Sufanat 61.

Myanma — Suriya 1:1

Singapur — Xitoy 2:2

Indoneziya — Vetnam 1:0.

image