fbpx Betguru » Ispaniya Kubogi. «Atletiko» «Sevilya»ni ortda qoldirib, yarimfinalning so‘nggi ishtirokchisiga aylandi
Monday, 29 April 2024
← Go to the news

Ispaniya Kubogi. «Atletiko» «Sevilya»ni ortda qoldirib, yarimfinalning so‘nggi ishtirokchisiga aylandi

Ispaniya Kubogi chorakfinalidan o‘rin olgan so‘nggi bahsda «Atletiko» Depayning goli evaziga «Sevilya»ni mag‘lub etdi va yarimfinalga yo‘l oldi. Grizmann penaltidan foydalana olmadi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha «Real Sosiyedad», «Mallorka» va «Atletik» klublari ham yarimfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.

26 yanvar kuni keyingi bosqichga qur’a tashlanadi.

Ispaniya Kubogi. 1/4 final

Atletiko — Sevilya 1:0

25 yanvar, «Metropolitano»

Gol: Depay (79).

Aniq amalga oshirilmagan penalti: Grizmann (26).

Atletiko – Oblak, Molina (Lorente, 56), Ximenes, Ermoso, Vitsel, Koke, Saul (Barrios, 56), De Paul, Grizmann (Korrea, 66), Morata (Depay, 66), Lino.

Sevilya – Nyuland, Navas (Xuanlu Sanches, 70), Ramos, Markao Teysheyra, Nyanzu, Pedrosa (Akunya, 83), Oliver Torres (Rakitich, 51), Sou (Rafa Mir, 83), Sumare, Okampos, Romero (Lamela, 70).

Ogohlantirishlar: Torres (33), Ramos (39), Pedrosa (62), Ximenes (63), Ermoso (71), Lamela (73), Koke (75), Rakitich (82), Mir (90+8).

image