fbpx Betguru » Germaniya Kubogida dastlabki finalchi aniqlandi
Monday, 29 April 2024
← Go to the news

Germaniya Kubogida dastlabki finalchi aniqlandi

Germaniya Kubogi birinchi yarimfinalida 3-divizion jamoasi «Saarbryukken» o‘z maydonida 2-divizion vakili «Kayzerslautern»ga mag‘lub bo‘ldi.

E’tiborlisi, «Saarbryukken» yarimfinalgacha «Bavariya», «Ayntraxt» va «Borussiya M» kabi Bundesliganing nomdor jamoalarini turnirdan chiqarib yuborgandi.

«Kayzerslautern»ning finaldagi raqibi 3 aprel kungi «Bayer» — «Fortuna» o‘yinida aniqlanadi.

Germaniya Kubogi. 1/2 final

Saarbryukken — Kayzerslautern 0:2

2 aprel, «Lyudvigspark»

Gollar: Ritter (53), Ture (75).

Saarbryukken – Shrayber, Ritssuto, Telke, Beder, Says (Biada, 78), Gaus (Di Mikele Sanches, 67), Rabixich (Uaferro, 86), Zontaymer (Siveya, 67), Naifi (Shtele, 67), Kerber, Bryunker.

Kayzerslautern – Himmelmann, Ture, Elvedi, Tomiak, Puxach, Simmer (Ronshtadt, 78), Redondo (Opoku, 31), Ritter, Kaloch, Nixyus, Xanslik (Stoilkovich, 67).

Ogohlantirishlar: Zontaymer (35), Tomiak (37), Gaus (50), Says (62), Nixyus (77), Bryunker (77), Ture (77), Di Mikele Sanches (77), Uaferro (90+4).

image