fbpx Betguru » Germaniya 2-divizioni ilk bor muxlislar tashrifi bo‘yicha Bundesligani ortda qoldirdi
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

Germaniya 2-divizioni ilk bor muxlislar tashrifi bo‘yicha Bundesligani ortda qoldirdi

Ikkinchi Bundesliga muxlislar soni bo‘yicha ilk bor yuqori diviziondan o‘zib ketdi.

Kicker xabariga ko‘ra, Germaniya ikkinchi divizionida 22-tur bahslariga jami 284 643 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. Eng ko‘p muxlis to‘plagan o‘yin «Shalke» – «Veena» (1:0) bo‘ldi – 60 542 tomoshabin.

Bundesliganing so‘nggi turiga esa jami 261 099 muxlis keldi. Eng ko‘p tomoshabin «Kyoln» — «Verder» o‘yinida qayd etildi — 50 000.

Shu bilan birga Germaniya oliy divizionidagi o‘yinlarga o‘rtacha tashrif 39 068 tomoshabinni, ikkinchi divizionda esa 28 358 tomoshabinni tashkil etmoqda.

image