fbpx Betguru » «Fiorentina» yangi bosh murabbiyini e’lon qildi
Saturday, 27 July 2024
← Go to the news

«Fiorentina» yangi bosh murabbiyini e’lon qildi

«Fiorentina»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi.

Florensiya jamoasini «Monsa»ning sobiq ustozi Raffaele Palladino boshqaradi. U bu lavozimda Vinchenso Italyano o‘rnini egalladi.

40 yoshli mutaxassis bilan shartnoma ikki yilga mo‘ljallangan bo‘lib, uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati mavjud.

Palladino «Monsa»ni 2022 yilning sentyabridan beri boshqardi. 2023/24 yilgi mavsumda jamoa uning qo‘l ostida A Seriyada 12-o‘rinni egalladi.

image