fbpx Betguru » FIFA prezidentining yillik maoshi ma’lum bo‘ldi
Saturday, 4 May 2024
← Go to the news

FIFA prezidentining yillik maoshi ma’lum bo‘ldi

FIFA prezidenti Janni Infantino tashkilot rahbarligiga qayta saylanganidan so‘ng maoshi sezilarli ravishda oshdi.

Italiyalik funksioner 2023 yilning mart oyida tashkilot rahbarligiga qayta saylangach, uning ish haqi va umumiy daromadi yanada oshgan. Bu Jannining maoshi o‘tgan yilga nisbatan 33%ga oshganligidan dalolat beradi. Bu haqdagi ma’lumotlar FIFA tomonidan e’lon qilingan moliyaviy hisobotlarda keltirilgan.

Qayd etilishicha, Janni Infantinoning 2023 yildagi yillik bazaviy ish haqi 2,2 million funtni (deyarli 2,6 mln. yevro) tashkil etgan. O‘tkazilgan musobaqalar uchun tashkilot prezidentiga to‘langan bonuslar miqdori esa 1,5 mln. funtni (1,76 mln. yevroni) tashkil etgan. 53 yoshli funksionerning o‘tgan yilgi umumiy daromadi 3,6 mln. funtga (4,36 mln. yevro) teng bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Infantinoning 2022 yilgi bazaviy maoshi yiliga 1,7 mln. funtni hamda turli bonuslar bilan hisoblangan umumiy daromadi 3,2 mln. funtni tashkil etgandi.

image