fbpx Betguru » Bundesliga. «Bavariya» qoldirilgan o‘yinda «Union»ni mag‘lub etdi
Tuesday, 30 April 2024
← Go to the news

Bundesliga. «Bavariya» qoldirilgan o‘yinda «Union»ni mag‘lub etdi

Germaniya chempionatining 13-turidan o‘rin olgan qoldirilgan bahsda «Bavariya» o‘z maydonida «Union»ni Gerreyruning yagona goli evaziga mag‘lub etdi.

Myunxen klubi ochkolarini 44taga yetkazib, peshqadam «Bayer» (48) bilan farqni 4 ochkogacha qisqartirdi. Berlin jamoasi 14 ochko bilan 15-pog‘onada qoldi.

Bundesliga. 13-tur

Bavariya — Union 1:0

24 yanvar, «Alyans Arena»

Gol: Gerreyru (46).

Bavariya – Noyer, Upamekano (Dayer, 46), de Ligt, Gerreyru, Goretska, Kimmix, Laymer (Pavlovich, 86), Koman (Tel, 76), Sane, Musiala (Myuller, 76), Keyn.

Union – Rennov, Trimmel, Fogt, Knoxe, Diogu Leyte, Gozens (Russiyon, 64), Haberer (Bedia, 78), Kral (Aaronson, 78), Tuzar, Folland (Berens, 26), Hollerbax (Shafer, 64).

Ogohlantirishlar: Berens (47), Sane (74), Fogt (90), Keyn (90+5), Leyte (90+5), Haberer (90+6).

image