fbpx Betguru » «Barselona» Bilbaodagi 120 daqiqalik «jang»da yutqazib, Ispaniya Kubogini tark etdi
Thursday, 9 May 2024
← Go to the news

«Barselona» Bilbaodagi 120 daqiqalik «jang»da yutqazib, Ispaniya Kubogini tark etdi

Ispaniya Kubogi chorakfinalidagi markaziy bahsda «Barselona» safarda «Atletik» bilan to‘qnash keldi.

Asosiy vaqtda jangovar durang qayd etildi, qo‘shimcha bo‘limlarda esa Niko Uilyams va bir kun avval charter-reys orqali Afrika Kubogidan (Gana milliy jamoasidan) qaytgan Inyaki Uilyams Bilbao klubiga g‘alaba keltiruvchi gollarni urishdi.

Shu tariqa «Barsa» bu mavsumda yutishi mumkin bo‘lgan yana bir turnirni boy berdi. Endi Xavi oldida faqat La Liga va YeCHL qoldi.

Ma’lumot uchun, Ispaniya Kubogi yarimfinaliga «Atletik»dan tashqari «Real Sosiyedad» va «Mallorka» ham chiqdi. So‘nggi chorakfinalda 25 yanvar kuni «Atletiko» «Sevilya»ni qabul qiladi.

Ispaniya Kubogi. 1/4 final

Atletik — Barselona 4:2

24 yanvar, «San Mames»

Gollar: Guruseta (1), Sanset (49), I.Uilyams (105+1), N.Uilyams (120+1) — Levandovski (26), Yamal (32).

Atletik – Agirresabala, Lekue (De Markos, 90), Vivian, Paredes, Berchiche, Prados (Errera, 90), Vesga (Gomes, 46; Hauregisar, 105), Sanset, N.Uilyams, Ares (I.Uilyams, 59), Guruseta (Vilyalibre, 73).

Barselona – Penya, Kunde, Kristensen (Kubarsi, 70), Arauxo, Balde (Fort, 23), Gundo‘g‘an, de Yong, Pedri (Serji Roberto, 99), Ferran Torres, Yamal (Giu, 105), Levandovski (Feliks, 78).

Ogohlantirishlar: Kristensen (17), Sanset (36), Prados (82), Torres (83), Fort (84), Yamal (95), Errera (109), de Yong (115), Roberto (117), N.Uilyams (120+

image