fbpx Betguru » APL. «Siti» Holandning goli evaziga qoldirilgan o‘yinda g‘alaba qozonib, 2-o‘ringa ko‘tarildi
Sunday, 5 May 2024
← Go to the news

APL. «Siti» Holandning goli evaziga qoldirilgan o‘yinda g‘alaba qozonib, 2-o‘ringa ko‘tarildi

Angliya chempionatining 18-turidan o‘rin olgan qoldirilgan o‘yinda «Manchester Siti» Holandning goli evaziga «Brentford»ni mag‘lubiyatga uchratdi.

Natijada Gvardiola jamoasi ochkolarini 56taga yetkazib, «Arsenal»ni (55) ortda qoldirgan holda 2-o‘ringa ko‘tarildi va peshqadam «Liverpul» (57) bilan farqni minimallashtirdi. «Brentford» 25 ochko bilan 14-pog‘onada qoldi.

APL. 18-tur

Manchester Siti — Brentford 1:0

20 fevral, «Etihad»

Gol: Holand (71).

Manchester Siti – Ederson, Uoker, Stounz, Diash, Akanji, Silva, Rodri, Foden, Bobb (Doku, 61), Holand, Alvares (Kovachich, 89).

Brentford – Flekken, Roerslev (Goddos, 89), Yorgensen, Mi, Ayer, Regilon (Lyuis-Potter, 78), Nyorgor, Yanelt (Yensen, 77), Oniyeka (Damsgor, 89), Vissa (Mope, 68), Touni.

Ogohlantirishlar: Stounz (45), Mi (45), Vissa (60), Touni (68), Uoker (82).

image