fbpx Betguru » APL. «Man Siti» «Nottinghem»ni mag‘lub etdi, de Bryuynedan assistlar
Saturday, 18 May 2024
← Go to the news

APL. «Man Siti» «Nottinghem»ni mag‘lub etdi, de Bryuynedan assistlar

Angliya chempionatining 35-turida «Manchester Siti» safarda «Nottinghem Forest»dan Gvardiol va Holandning gollari evaziga ustun keldi. Ikkala to‘pga ham de Bryuyne assistentlik qildi.

Zaxirasida bir o‘yini bor Gvardiola jamoasi ochkolarini 79 taga yetkazdi va peshqadam «Arsenal»ni ta’qib qilishda davom etmoqda. «Nottinghem» 26 ochko bilan 17-pog‘onada qoldi.

APL. 35-tur

Nottinghem Forest — Manchester Siti 0:2

28 aprel, «Siti Graund»

Gollar: Gvardiol (32), Holand (71).

Nottinghem Forest – Zels, Uilyams (Montiel, 35), Boli (Sangare, 84), Niakate, Murillo (Omobamidele, 74), Ayna, Gibbs-Uayt, Danilo (Yeyts, 74), Elanga (Reyna, 74), Vud, Hadson-Odoi.

Manchester Siti – Ederson (Ortega, 46), Uoker, Ake, Akanji, Gvardiol, Grilish (Holand, 62), de Bryuyne (Nunesh, 89), Bernardu Silva, Rodri, Doku (Kovachich, 46), Alvares (Bobb, 89).

image