fbpx Betguru » A Seriya. Pellegrinining goli «Roma»ga «Sassuolo» ustidan g‘alaba keltirdi
Wednesday, 1 May 2024
← Go to the news

A Seriya. Pellegrinining goli «Roma»ga «Sassuolo» ustidan g‘alaba keltirdi

Italiya chempionatining 29-turida «Roma» o‘z maydonida «Sassuolo»ni qabul qilib, Pellegrinining yagona goli evaziga g‘alaba qozondi.

Rim klubi ochkolarini 51taga yetkazib, 5-o‘rinni mustahkamladi va 4-pog‘onadagi «Bolonya»ni (54) ta’qib etishda davom etmoqda. «Sassuolo» 23 ochko bilan 19-pog‘onada qoldi.

A Seriya. 29-tur

Roma — Sassuolo 1:0

17 mart, «Olimpiko»

Gol: Pellegrini (50).

Roma – Svilar, Karsdorp (Chelik, 70), Lorente, Manchini, Spinatssola (Anxelino, 37), Paredes, Kristante, Pellegrini, Auar (Baldanzi, 70), El Shaaravi (Heysen, 86), Lukaku (Ozmun, 86).

Sassuolo – Konsili, Pedersen, Ferrari, Erlich, Viti (Ruan, 86), Obiang (Volpato, 72), Rachich (Bayrami, 79), Mateus Enrike, Loryante, Defrel (Boloka, 73), Pinamonti (Mulattiyeri, 79).

Ogohlantirishlar: Pellegrini (59), Ozmun (89), Erlich (90).

image