fbpx Betguru » A Seriya. «Kalyari» «Jenoa»ga yirik hisobda yutqazdi, Shomurodov 72 daqiqa o‘ynadi
Sunday, 19 May 2024
← Go to the news

A Seriya. «Kalyari» «Jenoa»ga yirik hisobda yutqazdi, Shomurodov 72 daqiqa o‘ynadi

Italiya chempionatining 34-turidan o‘rin olgan so‘nggi bahsda «Jenoa» «Kalyari» darvozasiga 3 ta gol urdi.

O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov sobiq jamoasiga qarshi o‘yinni asosiy tarkib boshladi va 72 daqiqa o‘ynadi.

Genuya klubi ochkolarini 42 taga yetkazib, 12-o‘ringa joylashdi. «Kalyari» 32 ochko bilan 14-pog‘onada qoldi.

A Seriya. 34-tur

Jenoa — Kalyari 3:0

29 aprel, «Luiji Ferraris»

Gollar: Torsbi (17), Frendrup (27), Gudmundsson (63).

Jenoa – Jozep Martines, Sabelli (Spens, 64), Volyakko, Vaskes (Chittadini, 73), de Vinter, Aaron Martin (Xaps, 64), Badel (Boxinen, 73), Torsbi, Frendrup, Gudmundsson (Vitinya, 78), Retegi.

Kalyari – Skuffet, Di Pardo (Nandes, 46), Veteska, Xatsidiyakos (Zappa, 46), Obert, Aujello (Mutandva, 85), Deyola, Oristanio (Lapadula, 46), Prati, Gaetano, Shomurodov (Assi, 72).

Ogohlantirishlar: Shomurodov (58), Aujello (72)

image