fbpx Betguru » A Seriya. «Inter» «Napoli» bilan o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi
Sunday, 5 May 2024
← Go to the news

A Seriya. «Inter» «Napoli» bilan o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Italiya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «Inter» o‘z maydonida «Napoli»ni qabul qilib, g‘alabani boy berdi. Darmianning goliga Jezus javob berdi.

Indzagi jamoasi ochkolarini 76taga yetkazib, eng yaqin ta’qibchisi «Milan»ni (62) 14 ochkoga ortda qoldirmoqda. Neapol klubi 45 ochko bilan 7-pog‘onaga joylashgan.

A Seriya. 29-tur

Inter — Napoli 1:1

17 mart, «Juzeppe Meatssa»

Gollar: Darmian (43) — Jezus (82).

Inter – Zommer, Darmian (Byukenen, 84), Acherbi, Pavar (Bissek, 46), Bastoni, Dimarko (Dumfris, 79), Mxitaryan, Chalxono‘g‘li, Barella (Frattezi, 71), Tyuram, Martines (Sanches, 79).

Napoli – Meret, Di Lorenso, Jezus, Rrahmani, Olivera (Mariu Ruy, 74), Lobotka, Zambo-Angissa, Traore (Kayuste, 70), Politano (Ngonj, 90), Kvaratsxeliya (Lindstrem, 90), Raspadori (Simeone, 75).

Ogohlantirishlar: Pavar (36), Lobotka (52), Barella (54).

image