fbpx Betguru » Yevropa Ligasi. «Yuventus» 90+7-daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi, «Roma» «Bayer»dan ustun keldi
Monday, 29 April 2024
← Go to the news

Yevropa Ligasi. «Yuventus» 90+7-daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi, «Roma» «Bayer»dan ustun keldi

Yevropa Ligasida yarimfinalning birinchi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Turnir qiroli «Sevilya» Turinda «Yuventus» bilan bahsda 90+7-daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi. An-Nosirining goliga Gatti javob berdi.

Mourinoning «Roma»si portugaliyalik mutaxassisning sobiq shogirdi Alonso boshqarayotgan «Bayer»dan minimal hisobda ustun keldi.

Javob bellashuvlari 18 mayda o‘tkaziladi.

Yevropa Ligasi. Yarimfinal

Birinchi o‘yinlar. 11 may

Yuventus — Sevilya 1:1

Gollar: Gatti (90+7) — An-Nosiri (26).

Yuventus – Shchensni, Bonuchchi (Gatti, 61), Sandro, Danilo, Kuadrado, Kostich (Ayling, 46), Di Mariya (Pogba, 70), Rabo, Lokatelli, Miretti (Keza, 46), Vlahovich (Milik, 61).

Sevilya – Bunu, Navas, Bade, Gudel, Akunya, Rakitich, Fernando, Okampos (Montel, 34), Oliver Torres (Gomes, 74), Xil (Lamela, 82), An-Nosiri.

Ogohlantirishlar: Rabo (43), Rakitich (72), Lokatelli (77), Xil (78), Keza (79), Bade (82), Lamela (90+3).

Roma — Bayer 1:0

Gol: Bove (63).

Roma – Patrisiu, Chelik, Manchini, Ibanes, Kristante, Spinatssola, Matich, Pellegrini, Bove (Veynaldum, 76), Belotti (Dibala, 77), Abraham.

Bayer – Gradetski, Frimpong, Ta, Tapsoba, Kossunu (Bakker, 36), Inkapie, Andrix (Amiri, 90+2), Palasios, Virts, Diabi (Adli, 72), Glojek (Ozmun, 72).

Ogohlantirishlar: Andrix (50), Diabi (57), Manchini (58), Ta (58), Abraham (76), Ibanes (89), Spinatssola (90+3).

image