fbpx Betguru » Yevropa Ligasi. «Sevilya» «Yuventus» ustidan irodali g‘alabaga erishdi, «Roma» ham finalda
Thursday, 18 April 2024
← Go to the news

Yevropa Ligasi. «Sevilya» «Yuventus» ustidan irodali g‘alabaga erishdi, «Roma» ham finalda

Yevropa Ligasida finalchilar aniqlandi.

Turindan durang bilan qaytgan «Sevilya» o‘z maydonida «Yuventus»
ustidan irodali g‘alabaga erishib, o‘zi uchun qadrdon bo‘lgan turnir finaliga yo‘l oldi. Asosiy vaqtda Vlahovichning goliga Suso javob berdi, qo‘shimcha bo‘limlarda esa Lamela bahs masalasini hal qildi.

Ikkinchi yarimfinalda «Roma» Leverkuzenda «Bayer» darvozasiga birorta aniq zarba bermay, golsiz durangga erishdi va Rimdagi minimal hisobdagi g‘alaba evaziga hal qiluvchi bosqichga chiqdi. O‘tgan mavsumda Konferensiyalar Ligasida g‘olib bo‘lgan Mourino jamoasi Yevropa Ligasi sovriniga ham yaqinlashdi.

Shu tariqa 31 may kuni Budapeshtda bo‘lib o‘tadigan finalda «Sevilya» va «Roma» o‘zaro to‘qnash keladi.

Yevropa Ligasi. Yarimfinal. Javob o‘yinlari

Sevilya — Yuventus 2:1
Gollar: Suso (71), Lamela (95) — Vlahovich (65).
Sevilya – Bunu, Navas (Gomes, 106), Bade, Gudel, Akunya, Rakitich, Fernando, Okampos (Lamela, 70), Torres (Suso 62, Rekik 117), Xil (Montel, 100), An-Nosiri.
Yuventus – Shchensni, Danilo, Bremer, Gatti, Kuadrado (Milik, 105), Di Mariya (Keza, 64), Rabo, Lokatelli (Miretti, 86), Fajoli (Paredes, 41), Ken (Vlahovich, 64), Ayling (Kostich, 86).
Ogohlantirishlar: Ken (11), Akunya (57), Danilo (105), Suso (117), Paredes (117).
Chetlatish: Akunya (115).
Birinchi o‘yin — 1:1.

Bayer — Roma 0:0
Bayer – Gradetski, Frimpong, Ta (Amiri, 86), Tapsoba, Inkapie, Bakker (Adli, 73), Demirbay, Palasios (Glojek, 80), Virts, Diabi, Ozmun.
Roma – Patrisiu, Chelik (Smolling, 78), Manchini, Rojer, Kristante, Spinatssola (Zalevski, 34), Matich, Pellegrini, Bove, Belotti (Veynaldum, 46), Abraham.
Ogohlantirishlar: Inkapie (45+3), Palasios (56), Bakker (70), Rojer (70), Kristante (89), Diabi (90), Tapsoba (90+7), Abraham (90+9).
Birinchi o‘yin — 0:1.

image