fbpx Betguru » YeKL. «Vest Hem» va «Fiorentina» finalda
Friday, 3 May 2024
← Go to the news

YeKL. «Vest Hem» va «Fiorentina» finalda

Yevropa Konferensiyalar Ligasida ham finalchilar aniqlandi.

«Vest Hem» AZni safarda ham mag‘lub etdi va 47 yillik tanaffusdan so‘ng yevrokuboklar finaliga yo‘llanma oldi.

Ikkinchi yarimfinalda «Fiorentina» asosiy vaqtda Gonsalesning dubli evaziga «Bazel»dan o‘z uyidagi mag‘lubiyat uchun revansh olib, ikki o‘yin bo‘yicha hisobni tenglashtirdi. Qo‘shimcha bo‘limlarda, aniqrog‘i 120+9-daqiqada (muxlisning sog‘lig‘i yomonlashgani uchun qo‘shimcha bo‘limda to‘xtalish bo‘ldi) esa Barak Florensiya klubi uchun g‘alaba to‘pini kiritdi.

Shu tariqa 7 iyun kuni Pragada o‘tkaziladigan finalda «Vest Hem» va «Fiorentina» turnir g‘olibligi uchun maydonga tushishadi.

YeKL. Yarimfinal. Javob o‘yinlari

AZ — Vest Hem 0:1
Gol: Fornals (90+4).
AZ Alkmar – Rayan, Sugavara, Xatsidyakos, Bekema, Kerkez (de Vit, 85), Klasi, Reynders, Meynans (de Vit, 70), Karlsson (Merdink, 85), van Brederode (Lado, 78), Pavlidis.
Vest Hem – Areolya, Kerer, Zuma, Agerd, Kressuell, Souchek, Rays, Paketa (Dauns, 90), Binrahma (Fornals, 75), Bouen, Antonio (Ingz, 85).
Ogohlantirishlar: Souchek (60), Kerer (64).
Birinchi o‘yin — 1:2.

Bazel — Fiorentina 1:3
Gollar: Amduni (55) — Gonsales (55, 72), Barak (120+9).
Bazel – Hits, Lang, Adams, Pelmar, Kalafori, Jaka (Fray, 88), Burger (Males, 105), Diuf, Ndoye, Ogyusten (Zekiri, 81), Amduni.
Fiorentina – Terrachchano, Dodo, Igor Julio (Raneri, 55), Milenkovich, Biragi, Bonaventura (Barak, 105), Amrabat, Kastrovilli (Mandragora, 120+2), Brekalo (Ikone, 46), Gonsales, Artur (Yovich, 90).
Ogohlantirishlar: Julio (21), Raneri (59), Gonsales (89), Burger (90), Ikone (95), Italyano (98), Bonaventura (104), Barak (120+10).
Birinchi o‘yin — 2:1.

image