fbpx Betguru » YeCHL. «Bavariya» Turkiyada «Galatasaroy»ni mag‘lub etdi, «Inter» guruh peshqadamiga aylandi
Sunday, 28 April 2024
← Go to the news

YeCHL. «Bavariya» Turkiyada «Galatasaroy»ni mag‘lub etdi, «Inter» guruh peshqadamiga aylandi

Chempionlar ligasi 3-turi doirasida Turkiya va Italiyada o‘tgan o‘yinlar yakuniga yetdi.

Istanbulda o‘tgan bahsda «Galatasaroy» «Bavariya»ni qabul qilib, dastlabki mag‘lubiyatni tan oldi – 1:3. Natijada, Myunxen klubi 9 ochko bilan keyingi bosqichga chiqish masalasini deyarli hal qildi. Turk klubi hisobida 4 ochko bor.

Milanda o‘tgan bahsda esa «Inter» «Zalsburg»dan ustun keldi va 7 ochko bilan hozircha peshqadamga aylanib oldi.

YeCHL. 3-tur
A guruhi
Galatasaroy – Bavariya 1:3
Gollar: 0:1 – 8 Koman, 1:1 – 30, penalti Ikardi, 1:2 – 73 Keyn, 1:3 – 79 Musiala.
Galatasaray – Muslera, Boe, Bardakdji, Sanches, Karatash (Anxelino, 75), Ayxan (Ndombele, 80), Torreyra, Zaa (Ziyesh, 75), Aktyurko‘g‘lu (Yilmaz, 75), Tete (Mertens, 56), Ikardi.
Bavariya – Ulrayx, Mazraui (Sarr, 78), de Ligt, Kim Min Chje, Devis, Kimmix, Laymer, Koman (Tel, 83), Sane, Musiala, Keyn (Shupo-Moting, 83).

D guruhi
Inter – Red Bull Zalsburg 2:1
Gollar: 1:0 – 19 Sanches, 1:1 – 57 Glux, 2:1 – 64, penalti Chalxano‘g‘lu.
Inter – Zommer, Dumfris (Darmian, 65), de Vrey, Pavar, Bastoni, Karlos Augusto, Mxitaryan (Barella, 46), Chalxano‘g‘lu (Aslani, 76), Frattezi, Sanches (Tyuram, 65), Martines (Klassen, 85).
Red Bull – Shlager, Dedich, Sole, Pavlovich, Ulmer, Bidstrup (Konate, 72), Suchich, Kergor (Dorjeles, 72), Gurna-Duat (Kapaldo, 85), Glux (Amankva, 85), Shimich (Ratkov, 71).

image