fbpx Betguru » Vinisius «Real»ning mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi
Sunday, 5 May 2024
← Go to the news

Vinisius «Real»ning mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi

Vinisius Junior 2022/23 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, «Real»ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Braziliyalik futbolchi mavsum davomida klubi safida 55 o‘yinda maydonga tushib, 23ta gol va 18ta assistga mualliflik qilgan.

«Muxlislarning menga ovoz berishganidan juda baxtiyorman. O‘zimning eng yaxshi o‘yinlarimni ko‘rsatish uchun o‘sishda va rivojlanishda davom etishni istayman.

Umid qilamanki, keyingi mavsumda ham shu ruhda davom etib, jamoamga yuqori natijalarga erishish uchun yordam beraman», – deydi Madrid klubi vingeri.

image