← Go to the news
11.09.2023
314
Futbol
«Vilyarreal» yangi bosh murabbiyini e’lon qildi
Pacheta «Vilyarreal»ni boshqaradi.
«Valyadolid», «Ueska» va «Elche» kabi klublarda ishlagan 55 yoshli mutaxassis iste’foga chiqarilgan Kike Setenning o‘rnini egalladi.
Pacheta bilan shartnoma mavsum so‘ngigacha mo‘ljallangan.
Avvalroq «sariq suvosti kemasi»
«Real Kastilya» bosh murabbiyi Raul Gonsales bilan muzokara olib borayotgani xabar qilingandi.
«Vilyarreal» La Ligada 4 o‘yinda 3 ochko to‘plab, 15-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa navbatdagi bahsni 17 sentyabr kuni «Almeriya»ga qarshi o‘tkazadi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan