fbpx Betguru » «Vest Hem» 90-daqiqada g‘alaba golini urib, YeKL g‘olibiga aylandi
Wednesday, 8 May 2024
← Go to the news

«Vest Hem» 90-daqiqada g‘alaba golini urib, YeKL g‘olibiga aylandi

Yevropa Konferensiyalar Ligasi finalida Italiyaning «Fiorentina» va Angliyaning «Vest Hem» klublari to‘qnash kelishdi.

Pragada o‘tgan bahsda London jamoasi 90-daqiqada Bouen tomonidan kiritilgan to‘p evaziga g‘alaba qozondi. Ungacha Binrahmaning goliga Bonaventura javob bergandi.

Shu tariqa ikkinchi bor o‘tkazilgan musobaqada «Vest Hem» zafar quchdi. Birinchi chempionlik o‘tgan mavsumda «Roma»ga nasib etgandi.

Devid Moyes jamoasi bu g‘alaba orqali Yevropa Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Konferensiyalar Ligasi. Final
Fiorentina — Vest Hem 1:2
7 iyun, «Fortuna Arena»
Gollar: Bonaventura (67) — Binrahma (62, penalti), Bouen (90).
Fiorentina – Terrachchano, Dodo, Milenkovich, Raneri (Igor Julio, 84), Biragi, Bonaventura, Amrabat, Mandragora (Barak, 90+3), Gonsales, Yovich (Artur, 46), Kuame (Saponara, 62).
Vest Hem – Areolya, Soufal, Zuma (Kerer, 61), Agerd, Emerson, Souchek, Rays, Paketa, Binrahma (Fornals, 76), Bouen, Antonio (Ogbonna, 90+4).
Ogohlantirishlar: Binrahma (31), Agerd (53), Mandragora (66), Dankan (68), Milenkovich (75), Amrabat (85), Bouen (90+7).

image