fbpx Betguru » Urugvay Byelsaning debyut o‘yinida Nikaraguani yirik hisobda mag‘lub etdi
Sunday, 5 May 2024
← Go to the news

Urugvay Byelsaning debyut o‘yinida Nikaraguani yirik hisobda mag‘lub etdi

Urugvay terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Nikaragua terma jamoasi ustidan g‘alaba qozondi – 4:1. Uchrashuv Montevideodagi “Sentenerio” stadionida bo‘lib o‘tdi.

Hujumchi Matias Arezo 8-daqiqada mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Unda yana 20 daqiqadan so‘ng dubl qayd etish imkoniyati bo‘ldi, ammo penaltini golga aylantira olmadi. Tanaffusga qadar Urugvay terma jamoasi “Shalke” azosi Rodrigo Zalazarning goli evaziga hisobda ikkita farq ustunligini yuzaga keltirdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Brayan Rodriges hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi, keyin esa Zalazar dubl qayd etdi. Mehmonlar so‘nggi daqiqalarda yagona golini urishga muvaffaq bo‘lishdi – to‘pni Luis Koronel kiritdi.

Urugvay terma jamoasi uchun bu yangi bosh murabbiy Marselo Byelsa qo‘l ostidagi ilk o‘yin bo‘ldi.

image