fbpx Betguru » Tuxel «Galatasaroy» bilan o‘yin haqida: «1-bo‘limdan so‘ng durangga rozi edik»
Sunday, 28 April 2024
← Go to the news

Tuxel «Galatasaroy» bilan o‘yin haqida: «1-bo‘limdan so‘ng durangga rozi edik»

«Bavariya» bosh murabbiyi Tomas Tuxel YeCHL 3-turidan o‘rin olgan «Galatasaroy»ga (3:1) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«O‘ylaymanki, tanaffusda «Galatasaroy»dan ko‘ra biz durangdan xursand bo‘ldik, bu aniq. Ammo ikkinchi bo‘limga qarasangiz, biz g‘alaba qozonishga haqli edik.

Chempionlar Ligasida mehmonda yutish hech qachon oson emas. Ba’zida g‘alaba qozonishning har qanday yo‘lini topishga to‘g‘ri keladi», — deya Tuxelning so‘zlarini keltiradi Bayern Germany.

Ma’lumot o‘rnida, 1-bo‘lim 1:1 hisobi bilan yakunlandi va mezbonlar Myunxen klubi darvozasiga 16ta zarba berishdi.

image