fbpx Betguru » Turkiya Superligasi. Aliqulov to‘liq o‘ynagan bahsda «Rizespor» «Istanbul»ni mag‘lub etdi
Tuesday, 3 February 2026
← Go to the news

Turkiya Superligasi. Aliqulov to‘liq o‘ynagan bahsda «Rizespor» «Istanbul»ni mag‘lub etdi

Turkiya chempionatining 14-turida «Rizespor» o‘z maydonida «Istanbul»ni qabul qilib, qo‘shib berilgan daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi. Olavoyinning dubli va Vareshanovichning goliga Piontek hamda Opoku javob berishdi.

«Rizespor» safida O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Husniddin Aliqulov to‘liq harakat qildi.

«Rizespor» ochkolarini 21taga yetkazib, 7-o‘ringa ko‘tarildi. «Istanbul» 12 ochko bilan 17-pog‘onada qoldi.

Superliga. 14-tur
Rizespor — Istanbul 3:2
2 dekabr, «Chaykur Didi»
Gollar: Olavoyin (12, 90+2), Vareshanovich (17) — Piontek (6), Opoku (45+2).
Rizespor — Akkan, Shahin, Moksi, Aliqulov, Hoyer (Pahlavon, 89), Shelvi, Olavoyin, Gustavo (Keser, 70), Vareshanovich (Gaych, 80), Zakiri, Minchev (Pinchi, 89).
Istanbul — Babajan, Dyubua, Duarte, Opoku, Lima, O‘zjan, Turuch (Gyurler, 72), Obid (Kartsev, 88), Ilhan (Ergun, 58), Figeyredo (Keni, 88), Piontek.
Ogohlantirishlar: Obid (82), Moksi (90+4), Dyubua (90+5), Olavoyin (90+7).

image