fbpx Betguru » «Turkiya sportida zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaymiz» — Erdo‘g‘an hakamni urgan «Ankaraguju» prezidenti haqida
Monday, 29 April 2024
← Go to the news

«Turkiya sportida zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaymiz» — Erdo‘g‘an hakamni urgan «Ankaraguju» prezidenti haqida

Rajab Toyyib Erdo‘g‘an «Ankaraguju» prezidentining hakamga qilingan hujumini qoraladi.

Turkiya chempionati 15-turidan o‘rin olgan «Rizespor»ga qarshi bahs (1:1) yakunida «Ankaraguju» prezidenti Faruk Koja maydonga yugurib chiqib, hakam Halil Melerning yuziga urdi. Hakam yiqilgach, yana ikki kishi uni tepkiladi.

«Bugun oqshom bo‘lib o‘tgan «Ankaraguju» — «Rizespor» o‘yinidan so‘ng hakam Xalil Umut Melerga qilingan hujumni qoralayman va unga tezroq tuzalib ketishini tilayman.

Sport tinchlik va birodarlikdir. U zo‘ravonlik bilan mos kelmaydi. Biz turk sportida zo‘ravonlikka hech qachon yo‘l qo‘ymaymiz», — deydi Turkiya prezidenti ijtimoiy tarmoqda.

image