fbpx Betguru » «The End» – Oston O‘runov «Navbahor»ni tark etganini e’lon qildi
Friday, 3 May 2024
← Go to the news

«The End» – Oston O‘runov «Navbahor»ni tark etganini e’lon qildi

«Navbahor» yarimhimoyachisi Oston O‘runov Superliga-2023 yilgi mavsumi yakuniga yetgach, Namangan klubi bilan xayrlashdi.

«Navbahor» bilan 2023 yilning dekabr oyiga qadar shartnoma imzolagan O‘runov bir yillik kelishuvdan keyin klubni tark etdi. Futbolchi Osiyo Chempionlar ligasi 6-turi doirasidagi Hindistondagi «Mumbay Siti»ga qarshi o‘yinga bormagan.

«The End». Barchasi uchun rahmat, «Navbahor», – deya yozadi Oston O‘runov instagramdagi sahifasida.

O‘zbekiston milliy jamoasining 22 yoshli a’zosi kelasi mavsumni qaysi jamoada o‘tkazishi hozircha noma’lum.

U joriy mavsum Namangan klubi safida Superligada 24 o‘yinda 9ta gol, OCHLda esa 5 o‘yinda 3ta golga mualliflik qildi. Vodiy klubi bilan chempionatni 3-o‘rinda yakunladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘runov o‘tgan mavsumlar davomida Rossiyaning «Ufa», «Spartak» va «Ural» klublari safida faoliyat yuritgan.

image