fbpx Betguru » Tennis. «Rolan Garros»da dastlabki yarimfinalchilar aniqlandi
Tuesday, 7 May 2024
← Go to the news

Tennis. «Rolan Garros»da dastlabki yarimfinalchilar aniqlandi

Fransiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qilayotgan sovrin jamg‘armasi qariyb 50 million AQSH dollari bo‘lgan «Rolan Garros» turniri tobora o‘zining qizg‘in pallasiga yaqinlashmoqda.

6 iyun kuni chorakfinalning ikkita bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda serbiyalik Novak Jokovich 4 set davom etgan o‘yinda rossiyalik raqibi Karen Xachanovdan 3:1 hisobida ustun keldi.

ATP reytingida yetakchilik qilayotgan 20 yoshli ispaniyalik Karlos Alkaras esa Stefanos Sitsipasga hech qanday imkoniyat qoldirmay uchala setni ham o‘z foydasiga hal qildi – 3:0.

Shu tariqa, tennis ixlosmandlari yarimfinalda finalga teng qarama-qarshilik – Jokovich va Alkaras to‘qnashuviga guvoh bo‘ladilar.

Ma’lumot uchun, bugun 7 iyun kuni navbatdagi 1/2 final yo‘lida Aleksandr Zverev – Tomas Martin Etcheverri, Xol’ger Rune – Kasper Ruud juftliklari kordda kuch sinashadi.

image