fbpx Betguru » Superliga. «Nasaf» «Neftchi»ni mag‘lub etib, 2-o‘ringa ko‘tarildi
Tuesday, 30 April 2024
← Go to the news

Superliga. «Nasaf» «Neftchi»ni mag‘lub etib, 2-o‘ringa ko‘tarildi

Markaziy uchrashuvning birinchi bo‘limda Jigauri hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim yakunida Chaves qarshiliklarni g‘alabasini naqd qildi.

Shu tariqa, «Neftchi» mavsumdagi dastlabki mag‘lubiyatini Qarshida tan oldi. Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari muhim g‘alabaga erishib, chempionlik kurashiga qaytishdi.

Chaves 90+6-daqiqada gol kiritib, libosini yechgani uchun ikkinchi marta ogohlantirilib, maydondan chetlatildi.

«Nasaf» g‘alabadan so‘ng 39 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Neftchi» esa 36 ochko bilan 4-o‘ringa tushdi.

Superliga. 21-tur

Nasaf – Neftchi – 2:0

Gollar: 1:0 – 39 Jigauri, 2:0 – 90+5 Chaves.

Nasaf — 35.Abduvohid Ne’matov, 5.G‘olib G‘aybullayev, 7.Akmal Mozgovoy, 17.Suhrob Nurulloyev (21.Doniyor Narzullayev, 84), 28.Shuhrat Muhammadiyev 34.Sherzod Nasrullayev, 70.Jambuli Jigauri (9.Javohir Sidiqov, 67), 77.Oybek Bozorov (25.Bekjon Rahmatov, 90+3), 88.Marko Stanoyevich (18.Bahrom Abdurahimov, 67), 92.Umarbek Eshmurodov (s), 99.Azizbek Amonov (10.Andres Chaves, 84).

Neftchi — 45.Akbar To‘rayev, 2.Zoir Jo‘raboyev, 5.Tomislav Mrchela, 7.Umar Adhamzoda, 8.Sharof Muhitdinov, 13.Lutfulla To‘rayev (28.Fozil Musayev, 78), 19.Mirzohid G‘ofurov (70.Abbosjon G‘ulomov, 61), 20.Anvarjon G‘ofurov, 22.Giorgi Nikabadze, 24.G‘ulom Haydar G‘ulomov (23.Diyorjon Turopov, 61), 40.Bachana Arabuli (77.Bilolxon Toshmirzayev, 61).

image