fbpx Betguru » «Siti» treblga erishishi uchun borimni beraman, bu – orzum. Yashirmayman, meni YeCHL g‘olibligi uchun sotib olishgan». Holand «MYU»ga qarshi final oldidan
Sunday, 28 April 2024
← Go to the news

«Siti» treblga erishishi uchun borimni beraman, bu – orzum. Yashirmayman, meni YeCHL g‘olibligi uchun sotib olishgan». Holand «MYU»ga qarshi final oldidan

«Manchester Siti» forvardi Erling Holand Angliya kubogi finali doirasidagi «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yin oldidan treblga erishish haqida orzu qilayotganini yashirmadi.

«Shaharliklar» APL chempionligini qo‘lga kiritishdi, endi ularni Angliya kubogi va YeCHL finali kutib turibdi.

«Buni yashirish shart emas, «Manchester Siti» meni Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lish uchun sotib olgan.

Treblga erishish uchun borimni berishga, barchasini qilishga tayyorman. Bu mening eng katta orzum, umid qilamanki bu amalga oshadi.

Ammo bu oson bo‘lmaydi. Ikki finalda ham ikki yaxshi jamoalarga qarshi maydonga tushamiz. Raqiblar ham g‘olib bo‘lish uchun barchasiga tayyor bo‘lishadi. G‘alaba uchun o‘z darajamizdagi o‘yinimizni ko‘rsatishimiz shart», – deydi Holand.

Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» – «Manchester Yunayted» o‘rtasidagi Angliya kubogi finali 3 iyun, shanba kuni soat 19:00da «Uembli»da bo‘lib o‘tadi. YeCHL finali esa «Man Siti» – «Inter» o‘rtasida 10 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

image