fbpx Betguru » Saudiya qiroli kubogi. Manening 107-daqiqadagi goli «An-Nasr»ni 1/4 finalga olib chiqdi, «Al-Ittihod» «Al-Fayha»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Monday, 20 May 2024
← Go to the news

Saudiya qiroli kubogi. Manening 107-daqiqadagi goli «An-Nasr»ni 1/4 finalga olib chiqdi, «Al-Ittihod» «Al-Fayha»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Saudiya Arabistoni qiroli kubogi nimchorakfinali doirasida navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi «An-Nasr» o‘z maydonida «Al-Ittifoq» klubini qabul qildi. 120 daqiqa davom etgan uchrashuvning 45+11-daqiqasida mezbonlardan Taliska maydondan chetlatilgan bo‘lsa, 89-daqiqada Stiven Jerrard shogirdlaridan Ali Xazaziga qizil kartochka ko‘rsatildi. 107-daqiqaga kelib Sadio Mane tomonidan kiritilgan yagona gol mezbonlarni chorakfinalga olib chiqdi – 1:0.

Yana bir bahsda «Al-Ittihod» «Al-Fayha» mehmoni bo‘lib, yirik g‘alabaga erishdi. Hamdalla dublga erishgan, Benzema ham o‘z hisobiga gol yozib qo‘ygan bahsda 3:0 hisobi qayd etilib, Jidda klubi chorakfinalga chiqdi.

Saudiya qiroli kubogi. 1/8 final

31 oktyabr

«Al-Fayha» – «Al-Ittihod» – 0:3

Gollar: 0:1 – Amdalla (5), 0:2 – Amdalla (87), 0:3 – Benzema (90+4).

«Al-Nasr» – «Al-Ittifoq» – 1:0

Gol: Mane, 107.

Chetlatishlar: Taliska 45+9 – Xazizi 89

image