fbpx Betguru » Saudiya Pro ligasi. Ronalduning jarima zarbasidan kiritgan goli «An-Nasr»ga g‘alaba keltirdi
Thursday, 9 May 2024
← Go to the news

Saudiya Pro ligasi. Ronalduning jarima zarbasidan kiritgan goli «An-Nasr»ga g‘alaba keltirdi

Saudiya Arabistoni 10-turi doirasida «An-Nasr» safarda «Damak» mehmoni bo‘ldi.

Birinchi bo‘lim yakunida mehmonlar hisobni ochgan bo‘lsa, 52-daqiqada Taliska hisobni tenglashtirdi. 56-daqiqada esa Ronaldu jarima zarbasidan chiroyli gol muallifiga aylanib, jamoasiga muhim g‘alabani keltirdi – 2:1.

Shu tariqa, Ar-Riyod klubi 22 ochko bilan amaldagi chempion «Al-Ittihod»ni (20 ochko) ortda qoldirib, 3-o‘ringa ko‘tarildi. Peshqadam «Al-Hilol» hisobida 26 ochko bor. «Damak» 10-o‘rinda.

Ronaldu 11ta gol bilan Saudiya Pro ligasida eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi.

Saudiya Pro ligasi. 10-tur
An-Nasr – Damak 2:1
Gollar: 0:1 – 45 Nkudu, 1:1 – 52 Taliska, 2:1 – 56 Ronaldu.
An-Nasr – An-Nadjar, Bushal, Laport, Al-Amri, Telles, Otavio, Taliska, Fofana, Al-Haybari (Garib, 46), Mane, Ronaldu.
Damak – Zegba, Sanousi Mohammed (Solan, 69), Shafai, Bedran, Al Anazi, Antolich (Ash-Shahrani, 88), Stanchu, Nkudu, Xamed,

image