fbpx Betguru » Saudiya Pro ligasi. «An-Nasr» safarda «Al-Fayha» ustidan g‘alabaga erishib, 2-o‘ringa ko‘tarildi
Sunday, 19 May 2024
← Go to the news

Saudiya Pro ligasi. «An-Nasr» safarda «Al-Fayha» ustidan g‘alabaga erishib, 2-o‘ringa ko‘tarildi

Saudiya Arabistoni chempionati 11-turi doirasida «An-Nasr» safarda «Al-Fayha» mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuvning 50-daqiqasida Ronalduning uzatmasidan keyin Taliska hisobni ochgan bo‘lsa, 61-daqiqada Tellesning uzatmasidan keyin Taliska dublga erishdi. Ash-Shuvaysh hisobni qisqartirgan bo‘lsa, Otavio yakuniy natijani o‘rnatdi – 3:1.

Shu tariqa, «An-Nasr» safarda «Al-Fayha»ni mag‘lub etib, 25 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. «Al-Fayha» esa 14 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda. Ronalduning Ar-Riyod klubidagi assistlari soni 10taga yetdi. U 39 o‘yinda 34ta golga mualliflik qilgan.

Saudiya Pro ligasi. 11-tur

Al-Fayha – An-Nasr – 1:3

Gollar: 0:1 – 50 Taliska, 0:2 – 61 Taliska, 1:2 – 66 Ash-Shuvaysh, 1:3 – 74 Otavio.

Al-Fayha – Stoykovich, Al-Bakaui, Ash-Shuvaysh, Ar-Rashidi, Rikardo, Konan (Zaydan, 88), Simirot (As-Safari, 77), Sobiri (Al-Xarti, 88), Sakala, Nvakaeme, Onekuru (Mendash, 77).

An-Nasr – Al-Aqidi, Bushal, Madu, Al-Amri, Telles, Otavio, Taliska (Al-Sulayxim, 67), Fofana, Mane (Al-Naji, 90), Garib (Yahyo, 88), Ronaldu (Maran, 90).

image