fbpx Betguru » Saudiya Pro ligasi. «Al-Hilol» «Ash-Shabob»ni mag‘lub etib, peshqadamga aylandi
Saturday, 4 May 2024
← Go to the news

Saudiya Pro ligasi. «Al-Hilol» «Ash-Shabob»ni mag‘lub etib, peshqadamga aylandi

Saudiya Pro ligasi. 8-turi doirasidagi juma kungi so‘nggi o‘yin yakuniga yetdi.

«Al-Hilol» «Ash-Shabob»ni qabul qilib, Kulibali va Mitrovichning goli evaziga g‘alabaga erishdi – 2:0.

Birinchi bo‘limda Neymar penaltidan foydalana olmadi. U jamoasi safida hali gollari sonini ochmadi.

Klub ushbu g‘alaba evaziga ochkolari sonini 20taga yetkazib, 1-o‘ringa qaytdi. «Ash-Shabob» esa 11-o‘rinni egallab turibdi.

Saudiya Pro ligasi. 8-tur

Al-Hilol – Ash-Shabob 2:0

Gollar: 1:0 – 68 Kulibali, 2:0 – 76 Mitrovich.

Al-Hilol – Bunu, Abdelxamid, Kulibali, Al-Bulayxi, Ash-Shaxrani (Al-Faradj, 83), Milinkovich-Savich, Ruben Nevesh, Ad-Dosari (Maykl Richard, 62), Malkom, Neymar, Mitrovich (Tombakti, 84).

Ash-Shabab – Kim Sin Gyu, As-Skurk, Saiss, Yago Santos, Essa Harbush, Banega, Kuelyar, Al-Monassar (Kanaba, 88), Baxebri (Al-Muvallad, 56), Karrasko, Diallo (Karlos, 69).

image