fbpx Betguru » Saudiya Arabistoni – JCH-2034 mezboni. FIFA prezidenti tasdiqladi
Saturday, 4 May 2024
← Go to the news

Saudiya Arabistoni – JCH-2034 mezboni. FIFA prezidenti tasdiqladi

2034 yilgi jahon chempionatining qaysi mamlakatda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi.

FIFA 31 oktyabrga qadar mezbonlik uchun arizalarni qabul qildi. Unga ko‘ra, faqatgina Saudiya Arabistoni JCH-2034 mezbonligi uchun rasman ariza topshirdi. Shu tariqa, 2034 yilgi mundialga Saudiya Arabistoni mezbonlik qilishi ma’lum bo‘ldi.

FIFA prezidenti Janni Infantino ham JCH-2034 Saudiya Arabistonida o‘tkazilishini tasdiqlab, ijtimoiy tarmoqlarda bu haqda post qoldirgan.

«Futbol dunyoni birlashtiradi», – deya yozadi FIFA prezidenti.

Avvalroq, Avstraliya JCH-2034 mezbonligi uchun ariza topshirish fikridan qaytgani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tsa, JCH-2030 Urugvay, Paragvay, Argentina, Marokash, Ispaniya va Portugaliyada o‘tkazilishi ma’lum qilingandi

image