fbpx Betguru » Rekord. De Bryuyne APLda 4-bor mavsumning eng yaxshi assistenti bo‘ldi
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

Rekord. De Bryuyne APLda 4-bor mavsumning eng yaxshi assistenti bo‘ldi

Kevin de Bryuyne yakunlangan mavsumda Premer-liganing eng yaxshi assistenti bo‘ldi va bu borada rekordchiga aylandi.

Belgiyalik futbolchi 4-marta golli uzatmalar bo‘yicha ligada yetakchi bo‘ldi. «Manchester Siti» yarimhimoyachisi 32 o‘yinda 16ta golga assistentlik qildi.

Birinchi marta u 2016/17 yilgi mavsumda eng yaxshi assistentga aylangan — 18ta. Bir yil o‘tib 16ta, 2020 yilda esa 20ta assist bilan g‘olib bo‘lgan.

Kevin uch martadan APLning eng yaxshi assistenti bo‘lgan Fransesk Fabregas, Devid Bekhem va Frenk Lempardni ortda qoldirdi.

image