fbpx Betguru » «Real» Vinisius bilan shartnoma 2027 yilga qadar uzaytirilganini e’lon qildi
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

«Real» Vinisius bilan shartnoma 2027 yilga qadar uzaytirilganini e’lon qildi

«Real» Vinisius Junior bilan yangi shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Madrid klubi braziliyalik 23 yoshli futbolchi bilan shartnomani 2027 yilga qadar uzaytirgan.

Ma’lumot uchun, Vinisius 18 yoshida – 2018 yil «Real» safida debyutini o‘tkazgan edi. U o‘tgan 6 mavsumda 235 o‘yinda maydonga tushib, 63ta golga mualliflik qildi. Jamoa safida 9ta sovringa ega chiqdi – YeCHL, ikki marta klublar o‘rtasidagi JCH, Yevropa Superkubogi, La Liga chempionligi (ikki marta), Ispaniya kubogi va Ispaniya Superkubogi (ikki marta).

image