fbpx Betguru » Rasman: O‘zbekiston U17 jamoasi nimchorakfinalga chiqdi
Friday, 3 May 2024
← Go to the news

Rasman: O‘zbekiston U17 jamoasi nimchorakfinalga chiqdi

Indoneziyada o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati A guruhida 3-tur o‘yinlari yakunlandi.

Mezbon Indoneziya Marokashga 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, Ekvador Panama bilan 1:1 hisobini qayd etdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi guruhidagi 4 ochko bilan 3-o‘rinni egallab, rasman JCH-2023 1/8 finaliga yo‘llanma oldi. A guruhida Marokash 6 ochko bilan 1-o‘rinni, Ekvador 5 ochko bilan 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 3-o‘rindagi Indoneziya 2 ochkoga ega. Mezbonlar mag‘lubiyatga qaramay hamon 3-o‘rindagi eng yaxshi natijaga ega 4 jamo orasida 4-o‘rinni egallab turibdi.

image