fbpx Betguru » Paolo Maldini — «Al Ittihod» direktori bo‘lishga asosiy nomzod
Thursday, 2 May 2024
← Go to the news

Paolo Maldini — «Al Ittihod» direktori bo‘lishga asosiy nomzod

«Milan» afsonasi Paolo Maldini Saudiyaning «Al Ittihod» klubi direktori lavozimiga asosiy nomzod hisoblanadi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

Hozir Jidda klubida fransiyalik hujumchi Karim Benzema, fransiyalik yarimhimoyachi Ngolo Kante va braziliyalik yarimhimoyachi Fabino kabi jahon futboli yulduzlari to‘p tepmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 55 yoshli Maldini futbolchi sifatida butun faoliyatini (1985-2009) «Milan» safida o‘tkazgan. 2018 yilning avgustidan klubni rivojlantirish direktori etib tayinlangan, bir yildan so‘ng esa texnik direktor lavozimini egallagan. Italiyalik sobiq himoyachi 2022 yil «Yevropaning eng yaxshi menejeri» sifatida e’tirof etilgan.

image