fbpx Betguru » Osiyo O‘yinlari. Janubiy Koreya Yaponiyani mag‘lub etib, ketma-ket uchinchi marta chempionga aylandi
Thursday, 2 May 2024
← Go to the news

Osiyo O‘yinlari. Janubiy Koreya Yaponiyani mag‘lub etib, ketma-ket uchinchi marta chempionga aylandi

Osiyo O‘yinlari-2022 futbol dasturi finalida Janubiy Koreya va Yaponiya o‘rtasidagi bahs yakuni yetdi.

Uchrashuvda yaponlar 19-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa-da, koreyslar ikkita gol bilan javob qaytarib, yakunda turnir g‘olibiga aylanishdi – 2:1.

Shu tariqa, O‘zbekistonni turnir yarimfinalida mag‘lub etgan jamoa chempionga aylangan bo‘lsa, Yaponiya kumush medali, O‘zbekiston esa bronza egasiga aylandi. Qayd etish joiz, Janubiy Koreya ketma-ket so‘ngi uchta Osiyo O‘yinlarida (2010, 2018, 2022) tengsiz bo‘ldi. Bu orqali koreyalik o‘yinchilar majburiy harbiy xizmatdan ozod etilishadi.

Osiyo O‘yinlari. Futbol. Final

Janubiy Koreya – Yaponiya 2:1

Gollar: Jong Vu 26, Choy 56 – Uchino 19.

image