fbpx Betguru » O‘rtoqlik o‘yinlari. Germaniya Fransiyani, Angliya Shotlandiyani, Yaponiya Turkiyani mag‘lub etdi
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

O‘rtoqlik o‘yinlari. Germaniya Fransiyani, Angliya Shotlandiyani, Yaponiya Turkiyani mag‘lub etdi

FIFA kunlarida ayrim jamoalar o‘rtoqlik bahslarida ham maydonga tushishdi.

Bosh murabbiy Flikni iste’foga chiqargan Germaniya Myuller va Sanening gollari evaziga Fransiyani mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi. Angliya Britaniya derbisida safarda Shotlandiya ustidan g‘alaba qozondi. 3 kun avval nemislarga 4ta gol urgan Yaponiya bu safar Turkiyaga ham shuncha to‘p kiritdi. Janubiya Koreya Nyukaslda o‘tgan bahsda Saudiya Arabistonidan ustun keldi.

O‘rtoqlik o‘yinlari. 12 sentyabr

Germaniya — Fransiya 2:1
Gollar: Myuller (4), Sane (87) — Grizmann (89, penalti).
Germaniya – ter Stegen, Ta, Ryudiger, Zyule, Henriks (Gozens, 78), Gundo‘g‘an (Gross, 25), Jan, Virts (Hofmann, 78), Myuller (Haverts, 64), Sane, Gnabri (Brandt, 64).
Fransiya – Menyan, Pavar (Kunde, 65), Todibo, Saliba, Ernandes, Rabo (Fofana, 78), Tchuameni, Kamavinga, Koman (Dembele, 65), Grizmann, Kolo-Muani (Tyuram, 64).

Shotlandiya — Angliya 1:3
Gollar: Maguayr (67, avtogol) — Foden (32), Bellingem (35), Keyn (81).
Shotlandiya – Gann, Xiki (Patterson, 89), Tirni (Armstrong, 82), Hendri, Porteus, Robertson, Makgregor (Jek, 89), Makginn (Fergyuson, 82), Maktominey, Gilmur (Dayks, 60), Adams (Kristi, 59).
Angliya – Remsdeyl, Uoker, Dank, Gehi (Maguayr, 46), Tripper, Fillips, Rays, Foden (Saka, 71), Bellingem (Gallaher, 84), Keyn (Uilson, 84), Reshford (Eze, 71).

Yaponiya — Turkiya 4:2
Gollar: Ito (15), Nakamura (28, 36), Dzyunya (78, penalti) — Qoboq (44), Yildirim (61).
Yaponiya – Nakamura (Shmidt, 45), Maikuma (Xasioka, 46), Taniguti, Matida (Tomiyasu, 79), Ito, Doan (Dzyunya, 46), Kubo, Tanaka, Ito (Endo, 64), Furuhasi, Nakamura (Maeda, 46).
Turkiya – Chaqir (Bayindir, 46), Myuldyur, Suyunji (Demiral, 46), Qoboq, Bulut, Qahvachi (Yilmaz, 83), Uchan (Under, 46), O‘zjan (Chalxono‘g‘li, 46), Ko‘kchi (Yuksek, 46), Sari, Yildirim.

Saudiya Arabistoni — Janubiy Koreya 0:1
Gol: Cho Gyu Son (32).
Saudiya Arabistoni – Al Ovays, Abdulhamid (Bamasud, 65), Al Bulayhi, Tombakti (Al Amri, 76), Ash Shahroni (Al G‘anam, 78), Kanno, Al Haybari (Hazazi, 65), Nosir Ad Dosari (Al Bishi, 78), Salim Ad Dosari, G‘arib (Al Breykan, 46), Al Hamdan.
Janubiy Koreya – Kim Sin Gyu, Sol Yon U, Chon Sir Hen, Kim Min Chje, Li Gi Chje, Li Chje Son (Kan San U, 77), Pak Yon U, Hvan In Bom (Li Sun Min, 90), Son Hyon Min (O Hyon Gu, 90), Choo Gyu Son (Mun Son Min, 69), Hvan Hi Chan (Hvan Iy Chjo, 68).

image