fbpx Betguru » O‘rtoqlik o‘yini. Messi gol urgan bahsda Argentina Avstraliyani mag‘lub etdi
Sunday, 5 May 2024
← Go to the news

O‘rtoqlik o‘yini. Messi gol urgan bahsda Argentina Avstraliyani mag‘lub etdi

Argentina terma jamoasi bugun Pekin shahrida Avstraliyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

Janubiy amerikaliklar bahsning 2-daqiqasidayoq hisobni ochishdi. Messining zarbasidan so‘ng to‘p to‘rga borib tushdi. Argentina ikkinchi bo‘lim o‘rtasida Pesselya tomonidan urilgan gol evaziga farqni ikkitaga oshirdi.

Ushbu hisob o‘yinda boshqa o‘zgarmadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
Argentina – Avstraliya 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 2 Messi, 2:0 – 68 Pesselya.
Argentina – Martines, Molina, Otamendi (Pesselya, 46), Romero, Akunya, Di Mariya (Lo Chelso, 59), De Pol (Rodriges, 79), Fernandes (Paredes, 74), Mak Allister (Alvares, 59), Messi, Gonsales (Garnacho, 74).
Avstraliya – Rayan, Atkinson (Streyn, 73), Suttar, Roulz, Bos, Makgri (Metkalf, 73), O`Nil (Janro, 63), Bakkus, Lekki (Robertson, 73), Dyuk (Borrello, 63), Maklaren (Xrustich, 46).
Ogohlantirishlar: Atkinson (47).

image