fbpx Betguru » O‘rtoqlik o‘yini. Germaniya Nagelsmanning debyutida AQSHni mag‘lubiyatga uchratdi
Sunday, 28 April 2024
← Go to the news

O‘rtoqlik o‘yini. Germaniya Nagelsmanning debyutida AQSHni mag‘lubiyatga uchratdi

Germaniya milliy jamoasi AQSHga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Uchrashuvda Yulian Nagelsmann shogirdlari Pulishichning hisobni ochuvchi golidan keyin hisobda ortda qolayotgan edi, ammo 39-daqiqada Gundo‘g‘an hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 2-bo‘limda Fyullkrug va Musiala nemislarning g‘alabasini ta’minlashdi – 3:1.

Ma’lumot uchun, 36 yoshli murabbiy 22 sentyabr kuni Hans-Diter Flik o‘rnini egallagandi. Flikdan keyin Germaniya ikki o‘yinida ham g‘alabaga erishdi. Nemislarning navbatdagi raqibi 18 oktyabr kuni Meksika bo‘ladi.

O‘rtoqlik o‘yini.

AQSH – Germaniya 1:3

Gollar: 1:0 – 27 Pulishich, 1:1 – 39 Gundo‘g‘an, 1:2 – 58 Fyullkrug, 1:3 – 61 Musiala.

AQSH – Terner, Skalli, Rim, Richards (Karter-Vikers, 65), Dest, Makkenni (Djonni, 74), Reyna (De La Torre, 46), Musa, Pulishich (Paredes, 75), Vea (Aaronson, 65), Balogun (Pepi, 66).

Germaniya – ter Stegen, Ta, Xummels (Zyule, 62), Ryudiger, Gozens, Gross (Goretska, 71), Gundo‘g‘an, Virts (Haverts, 62), Sane (Brandt, 71), Musiala (Fyurix, 81), Fyullkrug (Myuller, 81).

image