fbpx Betguru » «Oltin to‘p» tarixidagi «o‘g‘irlik»lar reytingi tuzildi — Messiga 3ta, Ronalduga 1ta sovrin nohaq berilgan (top-10)
Friday, 3 May 2024
← Go to the news

«Oltin to‘p» tarixidagi «o‘g‘irlik»lar reytingi tuzildi — Messiga 3ta, Ronalduga 1ta sovrin nohaq berilgan (top-10)

FourFourTwo talqiniga ko‘ra, Lionel Messi 3 bor «Oltin to‘p»ni nohaq yutgan.

Britaniya nashri mukofot tarixidagi 10ta asosiy «o‘g‘irlik» ro‘yxatini tuzdi.

  1. Robert Levandovski 2021 yilda Messi o‘rniga, 2020 yilda ham sovrinni olishi kerak edi.
  2. Terri Anri 2003 yilda Pavel Nedved va 2004 yilda Andrey Shevchenkodan ko‘ra ko‘proq loyiq edi.
  3. Uesli Sneyder 2010 yilda Messi o‘rniga olishi kerak edi.
  4. Krishtianu Ronaldu 2013 yilda Frank Riberiga yutqazishi kerak edi.
  5. Messi 2019 yilda Virjil van Deykdan ko‘ra munosib emasdi.
  6. Ronaldu, Muhammad Saloh va Antuan Grizmann 2018 yilgi «Oltin to‘p»ga Luka Modrichdan ko‘proq loyiq edi.
  7. 1956 yilda Stenli Metyusning o‘rniga Alfredo Di Stefano sovrinni olishi kerak edi.
  8. 2001 yilda mukofot Maykl Ouenga emas, Oliver Kan yoki Raulga berilishi kerak edi.
  9. Luis Suaresning 1960 yildagi sovriniga Ferens Pushkash ko‘proq loyiq edi.
  10. Janluiji Buffon 2006 yilda Fabio Kannavarodan ko‘ra «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga loyiq edi.

Ta’kidlash kerakki, reyting dushanba kungi marosim — Messi Erling Holandni ortda qoldirib, 8-bor «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishidan oldin e’lon qilingan.

image