fbpx Betguru » OCHL. OKMK 0:9 hisobida yutqazdi, «Nasaf»ning guruhida kutilmagan natija
Thursday, 2 May 2024
← Go to the news

OCHL. OKMK 0:9 hisobida yutqazdi, «Nasaf»ning guruhida kutilmagan natija

Osiyo Chempionlar Ligasida 4-tur bahslari davom etmoqda.

S guruhida OKMK (0) Tehronda «Sipohon»dan (7) javobsiz 9ta to‘p o‘tkazib yubordi va ushbu bosqichni so‘nggi pog‘onada yakunlashi ma’lum bo‘ldi. Bu o‘zbek klublari uchun turnirdagi eng yirik mag‘lubiyat bo‘ldi. «Al Ittihod» (9) peshqadam, «Eyr Fors» (7) ham kurashni davom ettirmoqda.

B guruhida «As Sadd» (4) kutilmaganda Iordaniyada «Al Faysali»ga (3) yutqazib qo‘ydi. «Sharja» (8) yetakchilik qilmoqda, «Nasaf» (7) 2-o‘rinda.

OCHL. 4-tur. 6 noyabr
B guruhi
Al Faysali — As Sadd 2:0
Gollar: Ar Rushdi (56), Al Haj (86).

S guruhi
Sipohon — OKMK 9:0
Gollar: Ahmadzoda (8), Asadi (59), Husaynnajod (60), Gorbani (62), Rizoyan (71), Alkasir (79 penalti, 87), Muganlu (81).
Sipoxon — Payam Niyozmand, Hodi Muhammadi, Rizo Asadi (Iso Alkasir, 70) Said Karimi (Brayan Dabo, 70), Ramin Rizoian, Farshad Ahmadzoda, Milad Zokirpur (Arya Yusufi, 70), Muhammad Daneshgar, Muhammad Gorbani, Javad Husaynnajod, Ehson Pahlavon.
OKMK — Botirali Ergashev, Akrom Komilov, Sardor Rahmonov, Mirjamol Qosimov (Murod Ermatov, 84), Dilshod Ahmadaliyev, Xurshid G‘iyosov (Vitaliy Denisov, 72), Sanjar Tursunov (Oybek Rustamov,46), Baxtiyor Qosimov, Muhammadanas Hasanov (Sirojiddin Bashriddinov, 88) Iskandar Bo‘sinov, Martin Boake (Asilbek Umirzoqov, 72)
Ogohlantirish: Baxtiyor Qosimov (37).
Chetlatish: Akrom Komilov (66).

image