fbpx Betguru » OCHL. «An Nasr» 7ta gol urilgan o‘yinda «Ad Duhayl»ni mag‘lub etdi, Ronalduda dubl va assist
Saturday, 4 May 2024
← Go to the news

OCHL. «An Nasr» 7ta gol urilgan o‘yinda «Ad Duhayl»ni mag‘lub etdi, Ronalduda dubl va assist

Osiyo Chempionlar Ligasida 3-tur bahslari yakunlandi.

Ye guruhida «An Nasr» o‘z maydonida «Ad Duhayl»ni qabul qilib, gollarga boy o‘yinda g‘alabaga erishdi. Mezbonlar yetakchisi Krishtianu Ronaldu dubl va assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

«An Nasr» ochkolarini 9taga yetkazib, peshqadamlik qilmoqda. «Persepolis»da 6, «Ad Duhayl»da 3 ochko mavjud. Tojikistonning «Istiqlol»i hisobida esa ochko yo‘q.

OCHL. 3-tur
An Nasr — Ad Duhayl 4:3
24 oktyabr, «Al Avval Park»
Gollar: Taliska (25), Mane (56), Ronaldu (61, 81) — Muhammad (63), Almoaz (67), Olunga (85).
An Nasr – Al Akidi, Al G‘anam, Laport, Al Amri, An Nahli, Otavio (An Naji, 84), Taliska, AS Sulayhi (Al Hasan, 64), Al Haybari, Mane, Ronaldu.
Ad Duhayl – Zakariyo, Kim Mun Hvan (Musa, 85), Ruben Semedu, Aymen, Al Brak (Lihaji, 90+3), Muhammad (Muntari, 85), Koutino, Budiaf, Madibo (Bamba, 86), Almoaz Ali, Olunga.
Ogohlantirishlar: Musa (87), Olunga (87).

image