fbpx Betguru » OCHL. «Al Ittihod» «Sipohon»ni mag‘lub etib, pley-offga 1-o‘rin bilan yo‘l oldi
Friday, 17 May 2024
← Go to the news

OCHL. «Al Ittihod» «Sipohon»ni mag‘lub etib, pley-offga 1-o‘rin bilan yo‘l oldi

OCHL. «Al Ittihod» «Sipohon»ni mag‘lub etib, pley-offga 1-o‘rin bilan yo‘l oldi
Osiyo Chempionlar Ligasida S guruhida so‘nggi o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Unda Saudiyaning «Al Ittihod»i (15) Eronning «Sipohon» jamoasi (10) ustidan g‘alaba qozonib, 1-o‘rin bilan pley-offga yo‘llanma oldi.

+8 to‘plar nisbatiga ega bo‘lgan «Sipohon»da eng yaxshi 2-o‘rin egalari qatorida keyingi bosqichga chiqishga yaxshi imkoniyat bor. Isfahon klubi «Paxtakor» (7) «Al Fayha»ni (6) 9ta gol farqi bilan yengib, «Persepolis» (8) «Ad Duhayl»ni (4) mag‘lub etsa — ya’ni shu ikki natija ham ro‘y bersagina guruhda qolib ketadi.

Eslatib o‘tamiz, S guruhida Iroqning «Eyr Fors» klubi 10 ochko bilan uchinchi, Olmaliqning OKMK jamoasi esa 0 ochko bilan so‘nggi pog‘onani egalladi.

OCHL. 6-tur
Al Ittihon — Sipohon 2:1
4 dekabr. Qirol Abdulaziz stadioni
Gollar: Al Amri (14), Jota (69) — Rizoiyon (48).
Al Ittihod — Al Mayuf, Ash Shankiti (Al Obid, 72), Luis Felipe, Hegazi (Umar Al Havsavi, 76), Zakariyo Al Havsavi, Fabino, Al Gamdi, Al Amri (Bamsaud, 83), As Sahavi, Jota (Ash Shamroni, 83), Hamidulla (Kamara, 83).
Sipohon — Niyozmand, Dabo, Rizoiyon, Donishgar, Zakipur (Shikari, 71), Mughanlu (Alkasir, 77), Gorbani, Ahmadzoda (Pahlavon, 90+3), Karimi, Yusufi (Yazdoni, 90+3), Asadi (Rizoi, 71).

image