fbpx Betguru » Neymar: «Rekordni yangilaganim Peledan ustunligimni anglatmaydi»
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

Neymar: «Rekordni yangilaganim Peledan ustunligimni anglatmaydi»

Braziliya hujumchisi Neymar JCH-2026 saralash doirasidagi Boliviyaga qarshi (5:1) o‘yinda dublni rasmiylashtirib, milliy jamoa tarixida eng ko‘p gol urgan (79) futbolchiga aylandi.

«Rekordni yangilayman deb o‘ylamagandim. Juda ham xursandman.

Aytish joizki, rekordni yangilaganim Pele yoki Braziliyadagi boshqa futbolchilardan zo‘rligimni anglatmaydi.

Men har doim milliy jamoada o‘z hikoyamni yozishni xohlaganman va bugun bunga erishdim», — deydi 31 yoshli forvard.

Malumot uchun, «pentakampeonlar» tarixidagi avvalgi rekord afsonaviy Pelega (77) tegishli edi.

image